Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:14 / 19.12.2015
4302
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston hukumati KG seriyali avtomobil raqamlaridan voz kechdi
Qirg‘iziston hukumati KG seriyali avtomobil raqamlaridan foydalanishdan voz kechdi. Qaror devon kengashida kecha qabul qilindi.
Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev vazirlik, idora va boshqa muassasalarga korporativ o‘tirishlarni xodimlarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga o‘tkazishni tavsiya qildi. Bayramlarga byudjyetdan pul ajratilmaydi. Yangi yil korporativ o‘tirishlari o‘rniga pullar bolalar uylari va internatlarda tadbirlar o‘tkazishga sarflanishi aytildi.