Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada zo‘ravonlikda gumonlanib, tutib turilgan o‘zbekistonlik mahbus kameradoshlari tomonidan o‘ldirilgani aytildi
Sankt-Peterburgdagi “Kresty” tergov izolyatorida O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilishi bilan bog‘liq ish jamoatchilik diqqatini tortdi.
O‘zbekistonlik erkak zo‘ravonlikda gumon qilinib, izolyatorda saqlanayotgan edi. U bilan bir kamerada talonchilik tufayli ushlangan ikki mahbus o‘tirgan edi. 16 dekabr kuni izolyatorga tez tibbiy yordam xodimlari chaqirildi. Ular ikki soat davomida og‘ir yaralangan erkakning hayotini saqlab qolishga urinishdi, lekin O‘zbekiston fuqarosi bosh chanog‘i va miya jarohati oqibatida olamdan o‘tdi.
Voqea yuzasidan o‘tkazilgan taftish natijalariga ko‘ra, hozircha kamerada o‘tirgan ikki talonchi o‘zbekistonlik kameradoshini do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ygani taxmin qilinmoqda.