Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Iroqni IShIDga yon bosishda aybladi
Ma'lumki, bugun Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Ja'fariy BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilib, mamlakat shimoliga Turkiya qo‘shinlarining kirib kelishi yuzasidan rezolyutsiya qabul qilishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, rezolyutsiya “turk okkupatsiyasi”ni qoralashi hamda “davlat irodasiga qarshi noqonuniy bostirib kirish”ni aks ettirishi lozim.
Shu munosabat bilan Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Holit Chevik Xavfsizlik Kengashining Iroq murojaati yuzasidan chaqirilgan navbatdan tashqari yig‘ilishi chog‘ida rasmiy Bag‘dodni IShIDga yon bosishda, terrorchilarga qarshi kurash ishini to‘xtatib qolishda aybladi.
Chevik Turkiya hech qachon Iroq suverenitetini buzishdan manfaatdor bo‘lmasligini ishontirib aytdi.
“Anqara vaziyatni yumshatish uchun yetarlicha choralar ko‘rdi. Avval boshidan biz masalani ikki tomonlama kanallar orqali hal qilishga urindik. Bu masalani xalqaro maydonlarga olib chiqish jahon hamjamiyatining IShIDga qarshi birdamligini buzishdan boshqa biror maqsadga xizmat qilmaydi”, - ta'kidladi Chevik.