Jahon | 11:53 / 20.12.2015
3625
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada aviashou vaqtida mamlakat HHKning samolyoti halokatga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi

Yakshanba, 20 dekabr kuni Indoneziyada o‘tkazilgan aviashou vaqtida mamlakat harbiy-havo kuchlariga (HHK) qarashli bo‘lgan T-50 Golden Eagle harbiy-o‘quv qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Ikki uchuvchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat HHK rasmiy vakili Dvi Vadarmantao.

Voqea Yava orolining Jokyakarta shahrida ro‘y berdi. Ma'lum qilishlaricha, samolyot uchish yo‘lagidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qulagan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish