Jamiyat | 15:59 / 20.12.2015
2149
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada dengizda cho‘kkan paromning 40 yo‘lovchisi qutqarib qolindi

Indoneziyaning Silavesi oroli yaqinida dengizda yo‘qolib qolgan paromning 40 nafarcha yo‘lovchisi qutqarib qolindi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.

“Operatsiya chog‘ida 39 kishi ochiq dengizdan qutqarib qolindi. Yana 3 yo‘lovchining tanasi aniqlandi. Ularni qutqarishga muvaffaq bo‘linmadi”, - dedi qutqaruv operatsiyasi rahbari Roki Azikin.

Uning so‘zlariga qaraganda, kema ag‘darilib, cho‘kib ketgan, buning oqibatida yo‘lovchilar ochiq dengizda qolib ketishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish