Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:37 / 20.12.2015
1770
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Ispaniyada bugun ertalab saylov uchastkalari ochildi. Parlament deputatligiga nomzodlarga ovoz berish kechgacha davom etadi.
Quyi palatadagi 350 va yuqori palatadagi 208 o‘ringa jami 4 353 nomzod – 2 263 erkak va 2 090 ayol da'vogarlik qilmoqda. O‘z nomzodlarini 13 partiya va turli koalitsiyalar ko‘rsatdi.
Saylov kuni tartibni 92.7 ming nafar xavfsizlik xizmatlari xodimlari, shu jumladan, mahalliy va milliy politsiya, shuningdek, fuqarolik gvardiyasi ta'minlaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish