Jahon | 18:18 / 20.12.2015
3554
1 daqiqa o‘qiladi

Keniya rasmiylari Air France samolyotida bomba borligini tasdiqladi

Keniya rasmiylari Air France samolyotida bomba borligini tasdiqladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Ilgari xabar qilinganidek, Mavrikiydan Parijga ketayotgan Air France kompaniyasi samolyoti bortda bombaga o‘xshagan predmet topilishi munosabati bilan Keniyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Samolyot Mombasa shahridagi Moi xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Uning bortidan 459 yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a'zosi evakuatsiya qilingan.
Keniyalik mutaxassislari samolyot bortida portlovchi uskuna topib, uni aeroport tashqarisiga olib chiqib ketgani xabar qilinmoqda.

Aviakompaniya yo‘lovchilarni olib ketish uchun Keniyaga qo‘shimcha reys yubordi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish