Jahon | 19:00 / 20.12.2015
15228
1 daqiqa o‘qiladi

Putin SSSRning Afg‘oniston kampaniyasi xato deb baholadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSRning Afg‘onistonda uyushtirgan harbiy kampaniyasini xato deb baholadi, lekin uni AQShning Vetnamdagi harakatlari bilan qiyoslamaslik lozimligini ta'kidladi.

“Afg‘oniston va Vetnamni chalkashtirmaslik lozim. Biz Afg‘onistonda baribir amaldagi hukumatning iltimosi bilan bo‘lgan edik. Buning farqi katta”, - uning so‘zlarini keltirmoqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Umuman olganda, Afg‘oniston kampaniyasi Sovet Ittifoqining xatosi edi”, - qo‘shimcha qildi Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish