Jahon | 07:38 / 20.12.2015
2223
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Indoneziyada kema cho‘kmagan, balki motori ishlamay qolgan

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida bortida 122 kishi bo‘lgan kema suvga g‘arq bo‘lmagan, balki motori ishlamay qolib, suvda qolib ketgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Qidiruv-qutqaruv otryadi boshlig‘i Bambang Soyelistuo qutqaruvchilar kemaga yetib borishga harakat qilishayotganini aytgan.

“Kemada 122 kishi bor. Biz u yerga barcha qutqaruvchilarni yubordik, biroq baland to‘lqinlar xalaqit qilmoqda”, deb aytdi Soyelistuo.

Kema Kolaka shahridan Janubiy Sulavesi orolidagi shaharga ketayotgan bo‘lgan. Portdagi manbaning ma'lum qilishicha, kema bilan aloqa shtorm paytida kema dvigateli ishlamay qolgan paytda uzilib qolgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Avvalroq kema cho‘kib ketgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish