Jahon | 21:21 / 20.12.2015
13304
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yadroviy qurolini takomillashtiradi

Rossiya o‘zining yadroviy qurolini tutib turish omili o‘laroq rivojlantirishni maqsad qilgan. Bu haqda mamlakat rahbari Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanali efirida aytib o‘tdi.

“Tutib turish omili o‘laroq Rossiya, jahonning yetakchi yadroviy davlatlaridan biri sifatida bu qurolni takomillashtirib boradi; yadroviy triada yadroviy xavfsizlik siyosatining asosida yotadi”, - dedi u.

Shu bilan birga, Putin Rossiya “yadroviy to‘qmoq” bilan tahdid solmasligini aytib o‘tdi.
Ilgariroq The National Interest nashri Rossiya “Status-6” yadroviy supertorpedosini ishlab chiqayotganini ma'lum qildi. U joyni radiatsiyalab, qirg‘oqlar va baliqchilik tumanlari iqtisodiy obektlariga ta'sir o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda. Torpedo ming metr chuqurlikda 10 ming km masofaga ta'sir o‘tkazishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish