Jahon | 15:48 / 21.12.2015
3944
1 daqiqa o‘qiladi

Apple iPhone’ning kamerasini takomillashtirish uchun 800 muhandisni yolladi

AQShning Apple kompaniyasi iPhone smartfonining bittagina qismi – kamerasini takomillashtirish uchun 800 muhandisni yolladi.

Bu haqda Business Insider nashri yozmoqda.
“Bu telefonning bitta qismi uchun juda ko‘pday tuyulishi mumkin, lekin aslida kamera 200dan ortiq detalldan iborat”, — dedi loyiha kuratori Grem Taunsend.
“Bitta tasvirni obektivga olish uchun kamera 24 mlrd operatsiya o‘tkazadi”, — qo‘shimcha qildi Taunsend.

Muhandislarning butun boshli armiyasi kameraning ko‘plab kamchiliklarini bartaraf etishi kutilmoqda. Jumladan, telefonni tutib turgan qo‘lning qaltirashi natijasida tasvir sifati yaxshi chiqmaydi. Bu kamchilik tez orada bartaraf etilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish