Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari 2016 yilning 31 iyuliga qadar uzaytirildi
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan amalda bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalari muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori seshanba kunidan boshlab kuchga kiradi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
YeI mamlakatlari doimiy vakillari Kengashi, juma kuni 2016 yilning 31 yanvarida tugashi kutilgan sanksiyalar muddatini 2016 yilning 31 iyuliga qadar uzaytirishni tasdiqlagan.
"21 dekabr kuni YeI Kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni 2016 yilning 31 iyuliga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qilishdi", deyiladi xabarda.
Ukrainadagi inqirozni bartaraf etishga qaratilgan “Minsk shartnomasi” 2015 yilning 31 dekabrigacha to‘liq bajarilmasligi tufayli, sanksiyalarni uzaytirish qarori qabul qilinganligi ta'kidlanmoqda.
Sanktsiyalar tarkibiga hech bir o‘zgartirish kiritilmagan.