Jamiyat | 13:14 / 21.12.2015
4854
1 daqiqa o‘qiladi

Garri Potter spektaklida Germiona rolini svazilendlik aktrisa ijro etadi

Londonda Harry Potter and the Cursed Child (Garri Potter va la'natlangan bola) spektakli bosh rollari uchun kasting yakuniga yetdi. The Daily Mail nashrining yozishicha, tanlangan aktyorlarning tashqi ko‘rinishi kinodagi prototiplardan sezilarli darajada farqlanib turadi.

Garri Potter rolini 36 yoshli britaniyalik aktyor Jyeymi Parker ijro etadi. Ron Uizli obrazini Pol Tornli gavdalantiradi.

Germiona Greynjyer rolida esa 45 yoshli Noma Dumezveni chiqadi. Svazilendda tug‘ilgan aktrisa 7 yoshda JARning Saffolk grafligiga ko‘chib o‘tgan. U shu paytgacha bir qancha seriallarda ishtirok etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish