Jahon | 09:16 / 21.12.2015
2530
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 6 magnitudali zilzila ro‘y berdi

21 dekabrga o‘tar kechasi Indoneziyaning Kalimantan orolida 6 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya xizmati (EMSC) ma'lum qildi.

Seysmologlarning bildirishicha, yerosti silkinishlari markazi Tarkan shahridan 34 kilometr sharqda bo‘lgan.

Tsunami xavfi to‘g‘risida e'lon qilinmagan.

Hozircha hodisa qurbonlari haqida ma'lumotlar yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish