Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dorbozlikni YuNeSKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritmoqchi
Joriy yilda O‘zbekiston dorbozlik san'atini YuNeSKOning kishilik nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatni yo‘lladi. Bu haqda Respublika xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i M. Yo‘ldoshev xabar berdi.
“O‘tgan asr boshiga kelib bu soha yetakchisiga Farg‘ona vodiysi aylandi, — tushuntiradi mutaxassis. — Lekin aynan mustaqillik yillarida milliy tarix va an'analarni tiklashga e'tibor qaratila boshlandi va bu san'at rivojlanishiga turtki bo‘ldi”.
Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda mamlakatda 40 nafar dorbozlik kollektivi faoliyat yuritmoqda. “Vodil chinori”, “Qo‘qon chinori”, “Madamin dorboz”, “Andijon samosi” va boshqa jamoalar shular jumlasidandir.