Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda fermerlar uchun taqdim qilinadigan yer maydonlarining optimal o‘lchamlari aniqlab olindi
O‘zbekiston hukumati fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer maydonlarining optimal o‘lchamlarini aniqlab oldi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2015 yil 1 oktabrgacha respublikadagi 83514 fermer xo‘jaligidan har biriga to‘g‘ri keladigan yer maydonining o‘rtacha o‘lchami 43,9 gektarni tashkil qilgan.
Optimallashtirish natijalari mamlakatda o‘rtacha 36,1 gektar yer maydoniga ega 101070 ta fermer xo‘jaligi yaratishning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi.
Qarorda belgilanishicha, 2016 yil 1 yanvardan fermerlarga yer berilishi va ularning qaytib olinishi hududiy fermerlar kengashi va yer maydonlarini berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyalarning xulosalariga ko‘ra tuman xalq deputatlari kengashining qarorlari asosida amalga oshiriladi.