Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik 800 radikal an'anaviy islomga qaytdi
Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi raisi o‘rinbosari Serikboy hoji O‘rozning so‘zlariga qaraganda, shu yilning boshidan buyon mamlakatda 800dan ortiq radikal an'anaviy islomga qaytarilgan.
“2015 yilda olib borilgan ishlar natijasida destruktiv oqimlarning faol ishtirokchilari bo‘lmish 802 nafar shaxs o‘z maqsadlaridan qaytdi. Ular bizning an'anaviy islomga qaytdi. Biz har bir kishi bilan individual ish olib boramiz, duolar, muayyan belgilarga ko‘ra odamning qanday destruktiv oqimga aloqadorligini aniqlaymiz.
Biz kuchlarimizni birlashtirib, ko‘p ishlashimizga to‘g‘ri keldi”, — dedi u bosh imomlar uchrashuvi chog‘ida jurnalistlar bilan o‘tkazgan muloqot chog‘ida.
Shuningdek, O‘rozov radikallarning katta qismini 30-40 yoshdagi erkaklar tashkil qilishini qo‘shimcha qildi.