Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi xonadonlardan birida 2 mln so‘mlik texnika o‘g‘irlab ketildi.
Toshkentdagi xonadonlardan birida 2 mln so‘mlik texnika o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, xonadon egasi bo‘lgan 50 yashar Zulxumor ismli ayol onasini ko‘rgani kelganidan xabar topgan talonchilar – kollej talabasi Kamoliddin va uning 20 yoshli sherigi Iqbol uyga o‘g‘rilikka kirishgan.
Ular uydan Nokia N-97, Samsung La Fleur telefonlari, HP noutbuki va 350 ming so‘m pul o‘g‘irlab ketishgan.
O‘g‘irlikni aniqlagan ayol tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Jinoyatchilar qo‘lga olingani, tergov harakatlari ketayotgani ma'lum qilinmoqda.