Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xillari Klintonni yolg‘onchilikda aybladi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp yana bir nomzod Xillari Klintonni yolg‘onchilikda aybladi. Tramp bu haqda NBC News telekanali efirida aytib o‘tdi.
Siyosatchi Klintonning “Trampning musulmonlarga mamlakatga kirishni taqiqlash haqidagi taklifi IShID terrorchilik guruhini targ‘ibot qilishga ko‘mak beradi” deb aytgan so‘zlarini yolg‘on deb atadi. “U yolg‘onchi va buni hamma biladi. U buni yo‘q joydan o‘ylab topdi”, deb aytdi Tramp. Trampning ta'kidlashicha, Klintonning so‘zlarini isbotlovchi birorta dalil mavjud emas.
19 dekabrda Klinton Trampni tanqid qilib, “U IShID uchun eng yaxshi yollovchiga aylanmoqda”, deb aytgandi uning musulmonlarga mamlakatga kirishni taqiqlash haqidagi taklifini nazarda tutib.
7 dekabrda Tramp o‘z nutqi davomida AQShga musulmonlarning kiritilishini “to‘liq taqiqlash lozimligini” aytgandi. Trampning bu gaplari uning respublikachi nomzodlar orasidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi.