Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Rossiya Suriyadagi strategik maqsadlariga erishdi
18 dekabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya ixtilofini bartaraf qilish bo‘yicha xalqaro ishchi reja qabul qildi, va bu AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatining g‘alabasi bo‘ldi, deb hisoblaydi The Wall Street Journal nashri.
Maqola muallifining fikricha, BMT tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya Yaqin Sharqdagi urush to‘xtatilganidan dalolat bermaydi. Shu bilan birga, Jon Kerrining AQSh va Rossiya bu borada bir oraga kelganidan iftixor tuyishi borasidagi fikrlari keltirildi. Ammo uning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov rezolyutsiyaning ahamiyatini ancha past baholadi.
Shunga qaramay, Rossiya Vashington Suriya prezidenti Bashar Asadni darhol lavozimdan ketkazishni talab qilmayotganidan mamnun. Bu esa Rossiyaning Suriyadagi strategik maqsadi amalga oshganidan dalolat beradi, deb hisoblaydi maqola muallifi.