Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:17 / 21.12.2015
3513
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda terrorchilikka qarshi maxsus vakil tayinlandi
XXR jamoat xavfsizligi vazirligida yangi lavozim joriy etildi. Idoraning rasmiy saytida xabar qilinishicha, 56 yoshli Lyu Yuetszin terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlangan.
Ilgari u vazir yordamchisi lavozimida idoraning giyohvandlikka qarshi kurash byurosiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Endi u vazir o‘rinbosari va jamoat xavfsizligi idorasi partiya qo‘mitasi a'zosiga aylandi.
Aytilishicha, ushbu lavozim egasi terrorchilik borasida axborot to‘plab, unga qarshi kurashni muvofiqlashtirib boradi.