Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘ldan dala-hovli sotib olmoqchi bo‘lgan odamga qalbaki kadastr hujjatlari berildi
Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida yashovchi Ramil ismli yigit dehqonchilikka qiziqib qolib, yer sotib olmoqchi bo‘ldi, lekin uning yo‘lida 45 yoshli Mahfuza ismli firibgar uchradi, deb yozadi “Ogoh” nashri.
Aytilishicha, ayol unga Yangiyo‘ldagi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkat xo‘jaligida dala-hovli sotilayotganini aytgan. So‘ng ayol o‘ljasidan 3 ming dollar olib, evaziga qalbaki hujjatlarni tutqazgan.
Soxtakorlikni bir muddatdan so‘ng aniqlagan Ramil tegishli idoralarga murojaat qilgan. Firibgar ayol qo‘lga olinib, pul egasiga qaytarilgan.