Sport | 18:54 / 21.12.2015
3065
1 daqiqa o‘qiladi

Yozef Blatter CASga appelyatsiya beradi

FIFA prezidenti Yozef Blatter tashkilot axloq qo‘mitasining uni 8 yilga futboldan chetlatganiga norozilik sifatida appelyatsiya bilan chiqadi. U bu haqida matbuot-anjumanida ma'lum qilgan.

Blatter diskvalifikatsiya borasida Lozannadagi sport arbitraj sudiga arz qilmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Platini hisobiga o‘tkazilgan pullar uchun FIFA axloq qo‘mitasi Blatter va Platinini 90 kunga futboldan chetlatgan edi. Blatter va Platini so‘roq vaqtida 2 mln frank miqdoridagi to‘lovga kelishganini tan oldi. Platini 1999-2002 yillardagi ishi uchun 2011 yilda ish haqini olgan.

Shveytsariya qonunchiligiga ko‘ra, ishchi kelishuvga ko‘ra o‘z vazifasini bajarganidan so‘ng 5 yil davomida maoshini olishi lozim hisoblanadi.

FIFAning yangi prezidenti uchun saylov 2016 yilning 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish