Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina prezidenti milliy valyuta qadrsizlanishi tufayli fuqarolarga yordam ko‘rsatilishini e'lon qildi
Yaqinda saylangan Argentina prezidenti Maurisio Makri Rojdestvo bayramlarida nochor oilalarga o‘tgan hafta yuz bergan milliy valyutaning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararni qoplash uchun yordam berishga va'da berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Makri matbuot-anjumanida asosiy mahsulotlarning narxi oshishini va shuning uchun 8 mln odam 400 pesodan (31 dollar) yordam puli olishini ta'kidlab o‘tdi. Makrining aytishicha, bu borada korxonalar va kasaba uyushmalari bilan ish olib borilmoqda.
To‘lanadigan mablag‘larning umumiy qiymati 3,3 mlrd (257 mlrd dollar) argentin pesosini tashkil qiladi.
Avvalroq argentin pesosining kursi valyuta operatsiyalariga taqiqlovning bekor qilinishi oqibatida 42,6 foizga qadrsizlangani ma'lum qilingandi.