Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Arsenal" "Manchester Siti"ni yengib, "Lester" bilan oradagi farqni qisqartirdi
APLning 17-turida "Arsenal" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi.
"Emireyts — Eshberton Grouv" stadionida o‘tkazilgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limning 33-daqiqasida Teo Uolkott hisobni ochdi.

Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Olive Jiru hisobdagi ustunlikni mustahkamladi 2:0.

Bu gollarga Mesut O‘zil golli uzatmani amalga oshirgan. Endi uning joriy mavsumda APL o‘yinlaridagi golli uzatmalari soni 15tani tashkil etadi.
82-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Yaya Ture kuchli va aniq zarba bilan Petr Chexni dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, "Arsenal" o‘z ochkolari sonini 36taga yetkazdi va "Lester"ni ta'qib qilishda davom etadi. "Shaharliklar" esa 32 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi.

Angliya chempionati, 17-tur
Arsenal – Manchester Siti 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Uolkott, 2:0 – 45 Jiru, 2:1 – 82 Ture.
Arsenal – Chex, Belerin, Mertesaker, Koselni, Monreal, Flamini, Remzi, Kempbell (Gibbs, 70), O‘zil (Oksleyd-Chemberlen, 76), Uolkott (Chembers, 88), Jiru.
Manchester Siti – Xart, Sanya, Otamendi, Mangalya, Kolarov, de Bryuyne, Ture, Fernandino, Delf (Sterling, 46), Silva (Navas, 73), Aguero (Boni, 63).
Ogohlantirishlar: Silva (31), Otamendi (48).