Texnologiya | 17:17 / 22.12.2015
3998
1 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet kompaniyasi Corvette gibridini patentladi

Chevrolet kompaniyasi AQSh davlat patent byurosida Corvette E-Ray nomini ro‘yxatdan o‘tkazdi. U Corvette sportkarining gibrid modeli uchun ishlatilishi mumkin.

Kupening gibrid versiyasi chiqishi haqida aniq ma'lumot yo‘q. OAV mashinaning navbatdagi modifikatsiyalari qurilgan generatorga ega elektromotor bilan ta'minlanishi mumkinligini taxmin qilib chiqishgan edi. Yangi nom uchun patent olinishi bu taxminlarning amalga oshish ehtimolini ko‘taradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish