Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Danieli O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etadi
“O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati Italiyaning Danieli kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “Issiqlikda deformatsiya qilingan choksiz po‘lat quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Po‘lat arqonlarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalarini muhokama qildi.
AJ investitsiyalar departamenti boshlig‘i Narimon Umarovning ma'lum qilishicha, uchrashuv doirasida kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida texnik muhokama o‘tkazilib, unda yuqoridagi investitsion loyihalarning joriy konsepsiyasi ko‘rib chiqilgan hamda texnik masalalar muhokama qilingan.
“Uchrashuv yakunlariga ko‘ra texnik yig‘inning yuqoridagi loyihalar realizatsiyasi bo‘yicha hamkorlik borasidagi bayonnomasi imzolandi”, - ma'lum qildi amaldor.
Italiyaning Danieli kompaniyasi metallni qayta ishlash sanoati uchun qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallaydi. Kompaniya Italiya, Germaniya, Avstriya, Shvetsiya, Tailand, Xitoy, Hindiston va Rossiyada sakkizta zavodga ega.