Jahon | 17:44 / 22.12.2015
2025
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyada “qochqinlar oqimi” yil so‘z birikmasiga aylandi

Daniyada dat tilidan tarjima qilinganda “qochqinlar oqimi” ma'nosini anglatuvchi flygtningestrømme so‘zi 2015 yilda eng ko‘p ishlatilgan so‘z birikmasi bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Local.

Tadqiqot Daniya Lingvistlar kengashi tomonidan o‘tkazildi. Kengash a'zoligidan turli universitetlar va ommaviy axborot vositalari vakillari joy olishdi.
Kengash direktori Sabina Kirchmeyyerning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda eng ko‘p qo‘llanilgan so‘z va birikmalar joriy yildagi dolzarb hodisalar, masalan, “muhojir” va “chegara” istilohlariga taalluqli bo‘ldi.

Uning ma'lum qilishicha, “qochqinlar oqimi” so‘z birikmasi Daniya fuqarolari nazdida nafaqat qochqinlar obrazini shakllantiradi, balki ularni qo‘shni mamlakatlar fuqarolari bilan ham bog‘laydi.

Eng ommalashgan so‘zlar ro‘yxatidan 326ta so‘z va jumlalar joy oldi. Ular orasida “selfi”, “tverking” kabi o‘zlashtirilgan so‘zlar ham bor. O‘tgan yilda esa mamlakatda “Mobile Pay” (bank mobil ilovasi nomi) hamda “arab bahori” yetakchilik qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish