Texnologiya | 17:02 / 22.12.2015
2619
1 daqiqa o‘qiladi

Ford va Google avtonom mashinalar yaratishda hamkorlik qilishadi

Ford va Google kompaniyalari avtonom rejimda ishlaydigan mashinalar yaratish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi. Hamkorlik haqida yanvar oyining boshida Las-Vegasda o‘tadigan CES iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasi chog‘ida e'lon qilinadi. Bu haqda Yahoo Autos portali xabar bermoqda.

Hamkorlik doirasida Ford Google korporatsiyasining texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Avtomobilsoz kompaniya yaqindagina o‘z mashinasining umumfoydalanish yo‘llaridagi testlari boshlanishini xabar qilgan edi, Google esa o‘z ishlanmalarini 7 yildan buyon olib bormoqda.

Ayni paytda Kaliforniya va Texasda 53ta Google-mobil sinovdan o‘tkazilmoqda, ular umumiy hisobda 2 mln km yo‘l bosib o‘tishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish