Jahon | 20:36 / 22.12.2015
3005
2 daqiqa o‘qiladi

Gana prezidenti davlat amaldorlariga birinchi klassda uchishni taqiqladi

Gana prezidenti Jon Dramani Mahama davlat amaldorlariga sayohatlar va rasmiy safarlar uchun uchishlarni birinchi klassda amalga oshirmaslik majburiyatini yukladi. Bu XVJ tomonidan ajratilgan moliyaviy dasturning bir qismi hisoblanadi.

Prezident qarori 22 dekabr kuni e'lon qilingan.

Shu haftada Gana rahbariyati barcha vazirlar va yuqori martabali amaldorlarning o‘z safarlarini davlat hisobidan amalga oshirishini to‘xtatish bo‘yicha direktivani (dastur) qabul qilgandi. Bu haqda Reyter agentligiga Gana Aloqa vaziri Edvard Oman Boama ma'lum qilgan.

Gana kakao, neft va oltin mahsulotlari eksportchisi bo‘lsada, bu mamlakat 2015 yilning aprelidan boshlab Xalqaro valyuta jamg‘armasining 3 yillik dasturi asosida hayot kechirishga o‘tgandi. Dastur doirasida kreditorlar Gana iqtisodidagi muammolar, defitsit, davlat qarshini o‘sishi va milliy valyutaning beqarorlashishiga qarshi kurashda yordam berishadi.

Gana Moliya vaziri Set Terkper mamlakat Vazirlar mahkamasi tegishli tartiblarni buzgan amaldorlarni ishdan haydash va ularga qamoq jazosini belgilash nazarda tutilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqishayotgani haqida aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish