Jahon | 11:52 / 22.12.2015
7371
1 daqiqa o‘qiladi
Malayziya birinchi shar'iy avialiniyani ishga tushirdi
Malayziyaning Rayani Air aviakompaniyasi dunyodagi birinchi shar'iy avialiniyani ishga tushirdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, reyslarda barcha islomiy qonun-qoidalarga rioya qilinadi. Ovqatlar islomiy halollik talablariga javob berishi lozim bo‘ladi, spirtli ichimliklar taqiqlanadi, styuardessalar esa hijoblarda xizmat ko‘rsatishadi.
Hozircha reyslar Malayziyaning ichki yo‘nalishlari bo‘yicha Kuala Lumpur, Langkavi singari shaharlarga uchadi. Keyinchalik reyslarni yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.