Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:30 / 22.12.2015
3165
1 daqiqa o‘qiladi
Marca: ter Shtegen «Barselona»dan ketmoqchi
Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca.
Manbaning yozishicha, nemis futbolchisi Luis Enrikening klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zini maydonga tushirmaganidan norozi bo‘lgan.
Futbolchi Germaniya terma jamoasi safida to‘p surishni istamoqda va klub safida ikkinchi posbon vazifasini bajarayotgani qoniqtirmayapti.
Hozircha ter Shtegen yakuniy qarorga kelganicha yo‘q.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish