Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr aeroportlar xavfsizligini baholash uchun xorijlik ekspertlarni yolladi
Misr hukumati Sinay yarimorolida Rossiya samolyoti halokatga uchragandan keyin bir qator aeroportlar xavfsizligini baholash uchun Control Risks xalqaro konsalting firmasini yolladi, deb xabar bermoqda Misr sayyohlik vaziri Xisham Za'zu.
Misr avvalroq dekabrda halokat haqida dastlabki bayonot ustida ishlagan ekspertlar falokatga uchragan A321 samolyoti bortida qandaydir noqonuniy harakatlar yoki teraktni isbotlovchi biror dalil topa olmaganlarini ma'lum qilgandi.
Rossiya hukumati 224 kishining umriga zomin bo‘lgan halokatga samolyot bortida qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlagani sabab bo‘lganini aytgandi.
Samolyotning halokatga uchrashi uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan va portlovchi modda gazli ichimlik bankasi ichida bo‘lganini aytgan.
Rossiya samolyotining qulashi Misrning sayyohlik tarmog‘iga qattiq zarba bergan.