Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada issiq harorat bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
Moskvada seshanba kuni ertalab issiqlik darajasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi, deya xabar bermoqda «Russkaya slujba novostey» nashri «Fobos» ob-havo markazi rahbari Mixail Leus bergan ma'lumotga tayanib.
«Ertalab poytaxtda havo harorati taxminan +8 °C ni tashkil qilgan. Oldingi rekord ko‘rsatkich 1936 yilda qayd etilgan bo‘lib, unda harorat +4,4 darajani ko‘rsatgandi», – deya ta'kidlaydi Leus.
Qayd qilinishicha, bunday ko‘rsatkich iqlim normasining 13 darajaga oshganini belgilab beradi.
Gismeteo bergan ma'lumotga ko‘ra, qish oyining dastlabki ikki dekadasida havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi +0,5 darajani tashkil qilgan.
Qayd etib o‘tish joiz, Sankt-Peterburgda ham navbatdagi rekord ko‘rsatkich kuzatilgan. Kechki payt havo harorati +6,9 °C ni ko‘rsatgan.