Jahon | 11:22 / 22.12.2015
5106
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

21 dekabr kuni Kremlda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya prezidentining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Aytilishicha, uchrashuvda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlat rahbarlari ishtirok etgan. Unda YeIKning birinchi yili yakunlari qilinib, integratsion birlashmaning keyingi rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

Bir qator tashkiliy masalalar qatorida keyingi moliyaviy yil hisob-kitoblari, boshqa davlatlar bilan hamkorlik masalari ko‘rib chiqilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish