Jahon | 06:54 / 22.12.2015
2264
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Eron prezidenti 27-28 yanvarda Fransiyaga safar uyushtiradi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 2016 yilning 27-28 yanvarida Fransiyaga rasmiy safar uyushtiradi, deb xabar bermoqda Financial Tribune gazetasi.

Ruhoniy Fransiyaga 16-17 noyabrda tashrif buyurishi kerak edi. Biroq safar Parijda 13 noyabrda sodir etilgan bir qator teraktlar sababli qoldirilgan edi.

20 dekabrda Tehronda Eron prezidenti va Fransiya parlamenti senati raisi Jyerar Larshe o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda uyushtirilajak safar va unda ko‘riladigan mavzular muhokama qilindi.

“Fransiya hukumati va parlamenti Eron prezidentining Parijga tashrifiga katta e'tibor qaratmoqda. Umid qilamanki, ikki tomon ikki davlat manfaatlariga javob beruvchi kelishuvlarni imzolashadi”, deb aytdi Larshe.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish