Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada yangi temir yo‘l vokzali majmuasi qurilmoqda
Qozog‘iston poytaxti Ostonada yangi temir yo‘l vokzali binosi qurilishi davom etmoqda. Bu vokzal Mustaqillik saroyi orqasida, Mingyillik xiyobonida joylashadi. Bu haqda Markaziy kommunikatsiyalar markazidagi matbuot-anjumanda “Kazaxstan temіr joly” AJ prezidenti Asqar Mamin ma'lum qildi.
“Bugungi kunda qurilish boshlab yuborilgan, binoning sinchi yig‘ilmoqda. Men bu obektda 19 dekabrda yig‘ilish o‘tkazdim”, deb aytdi Mamin. Mamin yo‘lovchi oqimi ortgani sababli amaldagi vokzal deyarli o‘z quvvatlarini ishlab bo‘lganini qayd qilib o‘tdi.
Obektdagi asosiy ishlarni 2016 yil oxiriga yetkazish rejalashtirilmoqda, bino qurilishining dastlabki narxi 50-60 mlrd tengega baholanmoqda.