Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PFL: "Paxtakor" qarzdorlikni yopmasa, oliy ligadan chetlatiladi
Bugun O‘zbekiston futbol federatsiyasida yil yakunlari va kelasi yil rejalari borasida katta yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgacha olingan ma'lumotlarga ko‘ra, yig‘ilishda "Paxtakor" klubi futbolchilarning maoshidan qarzi borligi ta'kidlangan. Agar 29 dekabrgacha klub maoshni uzib bermasa, Oliy ligadan chetlatilishi aytilgan.
"Paxtakor" jamoasi vakillari diqqatiga, agar 29 dekabrga qadar klubdagi qarzdorlikni yopmasanglar oliy ligadan chetlatilasizlar!" - degan PFL bosh direktori Magometov.
Eslatib o‘tamiz, O‘FF rahbari Mirabror Usmonov oktabr oyida O‘zPFL klublari rahbarlari va murabbiylari bilan uchrashuvda kelishilgan o‘yinlar uchun keskin choralar ko‘rilishiga va'da bergandi.
Yig‘ilish vaqtida joriy mavsum uchrashuvlaridan biri, "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi kelishilgan deb topilgandi.
“Endi “Paxtakor” nega jazolanmadi?” degan savollarga javob berib o‘tsam: yil yakunlariga ko‘ra “Paxtakor” shunday jazolanadiki, futbol ishqibozlarini qing‘ir o‘yinlar bilan aldash uyoqda tursin, bu haqda xayoliga ham keltirganlar ham tavba qiladi”, degandi u.
Mavsum yakunlangach, "Paxtakor" bosh murabbiyi No‘mon Hasanov jamoa a'zolari anchadan vaqtdan beri maoshlarni olmagani haqida bildirgandi.
"Paxtakor" 11-marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi