Jamiyat | 18:01 / 22.12.2015
2788
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada chegarada xorijliklarning barmoq izlarini olishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi qabul qilindi

Rossiya davlat dumasi Federal xavfsizlik xizmatiga chegaradan o‘tayotgan chet el fuqarolarining terrorchilik guruhlariga aloqador bo‘lishi xavfi sabab ularning barmoq izlarini olish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Qonunga muvofiq, FXX xodimlari terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishda gumon qilinganlarning biometrik ma'lumotlaridan foydalanishi, tasniflashi, tarqatishi va yo‘qotishi mumkin bo‘ladi.

Hujjat ikki o‘qilishda ko‘rib chiqili qabul qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish