Jamiyat | 10:23 / 22.12.2015
7172
2 daqiqa o‘qiladi

TIMIda "Internetni cheklash foydadan ko‘ra zarar" mavzusida debat o‘tkazildi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Munozara” debat o‘yinlarining yangi mavsumdagi saralash bosqich o‘yinlari “Internetni cheklash foydadan ko‘ra zarar” mavzusida tashkil etildi. Fakultet talabalaridan tashkil etilgan 8ta jamoa a'zolari tasdiq va inkor pozitsiyasi bo‘yicha o‘zlarining fikr mulohazalarini hakamlar hay'ati va tomoshabinlarga yetkazib berishdi.

“Munozara” debat o‘yinlarining saralash bosqichida 8ta jamoa tarkibida 24 nafar va tomoshabin sifatida talbalardan 300 nafarga yaqini ishtirok etdi. Saralash bosqich o‘yinlarida Toshkent davlat yuridek universitetidan Yo.Yusupova, Toshkent davlat agrar universitetidan I.Safarov, Toshkent davlat sharqshunoslik institutidan A.Azizov hamda A.Jo‘rayev hakamlik qilishdi va “Imkon”, “Aristokrat”, “Dream Team” hamda “Muxandis” jamoalari yuqori natijaga erishdi.

“Munozara” debatning keyingi bosqich o‘yinlarida “Qishloqlarda yashash shaharlarda yashashdan qulay” va “Ekologik muammo iqtisodiy muammodan muhim” mavzulari muhokama markazida bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish