Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti Pepsi zavodini kamomad yaratishda aybladi
Venesuela rasmiylari Kaukagua shahridagi Pepsi zavodi xodimlarini qo‘lga olib, so‘roq qilishdi va yana qo‘yib yuborishdi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro zavod rahbarini tovarlar kamomadini sun'iy ravishda ushlab turishda ayblagani tufayli bu ish amalga oshirildi.
Venesueladagi eng yirik ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Empresas Polar’ning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogi orqali bu voqealar tafsilotlari xabar qilindi.
Aytilishicha, mehnat vazirligi va politsiya xodimlari Polar’ga tegishli Pepsi zavodiga 18 dekabrda kelib, xodimlarni qo‘lga ola boshlagan. Ilgariroq zavod xom ashyo yetishmovchiligi tufayli ishni to‘xtatgan edi. Maduro esa kompaniyani bunday ishni ataylab amalga oshirishda ayblagan edi.
Kompaniya qo‘yilgan ayblovlarni rad qilmoqda. O‘z navbatida, Maduro buni muxolifat rahbarlari va xususiy kompaniyalar boshliqlari e'lon qilgan iqtisodiy urushning tarkibiy qismi deb hisoblamoqda.