Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Klichko Fyuri bilan jangi haqida: “Bunday g‘alabadan ko‘ra, yutqazgan yaxshiroq”
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vladimir Klichko 2015 yil 28 noyabrda Dyusseldorfda bo‘lib o‘tgan, britaniyalik bokschi Tayson Fyuriga qarshi jangda raqibiga yutqazganidan xursandligini aytdi. Bokschi bu haqda “Chempionat.com” nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Jangdan keyingi 2-3 kun og‘ir bo‘ldi, biroq men bu o‘tkinchi ekanini bilardim. Men bu holatda hech narsa deyishni istamasdim. Keyin hammasi o‘z o‘rniga tushdi. Bundan tashqari, hozir men sizga mutlaq rost aytaman, Fyuri bilan jangdan keyin qo‘lim tepaga ko‘tarilmaganidan xursandman. Tomoshabinlar bundan norozi bo‘lib, hushtakbozlik qilib yuborardilar. Menga bunday g‘alabaning nima keragi bor? Bunday g‘alabadan ko‘ra, yutqazgan yaxshiroq”, deb aytdi Klichko.
Eslatib o‘tamiz, Klichko hakamlarning bir qarori bilan mag‘lub deb topildi va WBA, IBF, WBO va IBO versiyalari bo‘yicha barcha jahon chempioni unvonlarini qo‘ldan boy berdi.
6 dekabrda Klichko va Fyuri revansh jang o‘tkazmoqchi ekanliklari ma'lum bo‘ldi. Bokschilar o‘rtasidagi navbatdagi jang 2016 yilning may-iyun oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.