Jahon | 15:34 / 22.12.2015
7125
1 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKO 2016 yilni Ahmad Yassaviy yili deb e'lon qildi

YuNeSKO 2016 yilni Ahmad Yassaviy yili deb e'lon qildi. Bu haqda Turkiyaning qator nashrlari xabar bermoqda.
YuNeSKOning Turkiya milliy komissiyasi rahbari O‘jal O‘g‘uzning taklifi bilan 2016 yilda Ahmad Yassaviy vafotining 850 yilligi, Fuad Ko‘prulu vafotining 50 yilligi munosabati bilan 2016-2017 yillar shu madaniyat arboblariga bag‘ishlanadi.

Ushbu sanalarning xalqaro miqyosda nishonlanishi munosabati bilan maxsus logotip yaratiladi.
“Mehmet Fuad Ko‘prulu o‘zining “Turk adabiyotidagi birinchi so‘fiylar” nomli kitobi bilan Ahmad Yassaviyni turk adabiyoti kontekstiga kiritdi”, — deb ta'kidladi O‘jal O‘g‘uz.
Tadbirlar YuNeSKOning Parijdagi markazida, shuningdek, Qozog‘istonda, Ozarbayjonda, Qirg‘izistonda va Rossiya Federatsiyasining ayrim turkiy respublikalarida o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish