Jamiyat | 13:47 / 23.12.2015
7304
1 daqiqa o‘qiladi

“Ummon” guruhi qachon fonogrammadan voz kechishini aytdi

“Ummon” guruhi yigitlari “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida qachon va qanday shart bilan fonogrammadan voz kechishlarini ma'lum qilishdi, deb yozadi Hozirchashu.com resursi.

Yildan yilga konsert dasturlarida jonli ijrodagi taronalarini oshirib kelayotgan xonandalar navbatdagi konsert dasturida ham bir nechta taronalarini o‘z muxlislariga jonli tarzda kuylab berishini aytib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda "Ummon” guruhi yigitlari qachon fonogrammadan voz kechadi?” degan savolga guruh a'zosi Zohid hech ikkilanmasdan “Qachonki hamma xonandalar fonogrammadan voz kechganda”, deya javob bergan.

“Xo‘sh bu bilan yigitlar nima demoqchi, ular o‘zbek shou biznesida hech qachon fonogramma yo‘qolmasligiga ishonishmoqdami, yoki bo‘lmasa barcha san'atkorlarni birdamlikda jonli kuylashga chaqirayabdimi...?”, — deb savol beradi metarial muallifi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish