Jamiyat | 00:02 / 23.12.2015
3539
1 daqiqa o‘qiladi

Vazir: Fransiyada yana bir teraktning oldi olindi

Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev mamlakatda navbatdagi terakt yuz berishining to‘xtatib qolingani haqida ma'lum qildi.

Europe 1 telekanalida ma'lum qilinishicha, jangarilar Orlean shahrida yana bir terakt sodir etmoqchi bo‘lishgandi. Bu yerda huquq tartibor organlari xodimlari nishonda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bu bo‘yicha tekshiruvlar davomida 2 kishi qo‘lga olingan.

Bundan oldinroq, Fransiyada mavjud xavf tufayli cherkovlarni qo‘riqlash kuchaytirilishi haqida ma'lum qilingandi. Hukumat vakillari terrorchilar Yangi yil bayrami arafasida cherkovlarga hujum qilishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish