Jamiyat | 22:42 / 23.12.2015
4616
2 daqiqa o‘qiladi

AQShga Disneylendni tomosha qilish uchun uchayotgan britaniyalik musulmonlar oilasi samolyot bortiga qo‘yilmadi

AQSh xizmatchilari Buyuk Britaniyada yashovchi musulmonlar oilasini Gatvik aeroportida samolyot bortiga qo‘yishmadi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron AQSh hukumatidan ushbu holat sabablarini tushuntirilishini talab qilishini aytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga bosh vazir vakillari ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 15 dekabrda 11 kishidan iborat musulmonlar oilasi AQShga uchayotgan samolyot bortiga chiqarilmagan. Oila Disneylendda hordiq chiqarmoqchi bo‘lgan.

Leyboristlar partiyasi a'zosi Stella Krisi AQSh hukumati rad etish sababi tushuntirilmaganini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, AQShning Londondagi elchixonasi ham izoh berishdan bosh tortgan.

Ushbu voqea Donald Trampning AQShga musulmonlarni qo‘ymaslikni taklif qilgan gapi ortida xavotir uyg‘otmoqda.

Londonlik imom Akmal Masrur AQShga safar uyushtirmoqchi bo‘lganda unga ham nisbatan shunday qilinganini aytdi. Uning aytishicha, elchixona vakillari uning samolyotga chiqishiga yo‘l berishmagan va uning avval amal qilgan vizasi bekor qilinganini aytishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish