Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kicker: Gvardiola yozda «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyiga aylanadi
Germaniyaning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqaradi.
44 yoshli mutaxassis bilan «shaharliklar» tuzgan bitim borasida Germaniyaning Kicker nashri Angliyadagi o‘zining ishonchli manbalariga tayanib xabar bergan.
Xabar qilinishicha, ingliz klubi Gvardiola bilan 2014/15 yilgi mavsum boshlanishidan oldin muzokaralarni boshlab yuborgan.
«Siti» rahbariyati tarkibida Gvardiola bilan «Barselona»da birga ishlagan Ferran Soriano va Chiki Begiristayn faoliyat ko‘rsatishi ham yangi bitimga asosiy rol o‘ynagan.