Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada niqobli shaxs deputatning ustiga bir chelak axlat to‘kib yubordi
Rent TV telekanalining ma'lum qilishicha, Moskva shahar ma'muriyati deputati Larisa Solomatinaga niqobli erkak hujum qilgan. U ayolni uyi yaqinida kutib turgan, amaldorning yaqinlashishi bilan uning ustiga axlat to‘la chelakni ag‘darib yuborgan.
“Soat 19larda yig‘ilishdan qaytayotgan edim. Uy chetida jingalaksoch shaxs turardi, yerto‘la og‘zida. Uning yonida esa chelak turgandi. Yonidan o‘tayotganimda o‘ng tarafdan yuzimni nimadir kuydirdi.
Bu nima bo‘lganini tushunmadim. Shundan so‘ng ustimdan nimadir to‘kvorishdi. Yuzimga ballonchadan qalampir sepganlarini keyinroq bildim”, - hikoya qiladi deputat.
Hujumchining tashqi ko‘rinishini 61 yoshli ayol tasvirlab bera olmadi. Ayni paytda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.