Jamiyat | 16:16 / 23.12.2015
3820
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Nazarboyevni aksilyadroviy sammitga taklif qildi

AQSh prezidenti Barak Obama qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyevni 2016 yili Vashingtonda o‘tadigan aksilyadroviy sammitga taklif qildi.

“Keyingi yili mart oyining oxirida Vashingtonda yadroviy xavfsizlik bo‘yicha yirik sammit o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari aksilyadroviy harakatning faol ishtirokchisi sifatida AQSh yetakchisi tomonidan ushbu sammitga taklif qilingan”, - dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov.

Uning so‘zlariga qaraganda, 2016 yil aprelida Turkiyada Islom hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tadi, unda Qozog‘iston ham boshqa a'zolar qatori ishtirok etib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish