Sport | 12:09 / 23.12.2015
2462
2 daqiqa o‘qiladi

"Paxtakor": Jamoa doim o‘z majburiyatlarini bajaradi

"Paxtakor" futbol klubi matbuotda chiqqan ma'lumotlarga o‘zining rasmiy pozitsiyasini bayon qildi.

"Klub va PFL o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra "Paxtakor" 2015 yilning 25 dekabriga qadar O‘zPFL oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajaradi. Klubning ma'muriyat va futbolchilar oldida qarzi borligi haqidagi OAVda chiqqan ma'lumotlar noto‘g‘ri. Eslatib o‘tamiz, 2002 yildan hozirga qadar mavsum oxirigacha "Paxtakor" FK doim ma'muriyat, futbolchilar va murabbiylar shtabi oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarni bajarib kelgan", deyiladi xabarda.

Klub va futbolchilar o‘rtasidagi barcha moliyaviy shartnomalar maxfiy ma'lumot hisoblanishi bildirilgan.

"Shu bois, barcha OAVdan klubimiz haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishlarini so‘rab qolamiz", deydi Toshkent klubi.

PFL: "Paxtakor" qarzdorlikni yopmasa, oliy ligadan chetlatiladi

"Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi kelishilgan deb topildi

"Paxtakor" bosh murabbiyi: Anchadan beri maoshlarimizni olmadik

Mirabror Usmonov: Kelishilgan o‘yinlar uchun keskin choralar ko‘riladi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish